Kirish - A'zo bo'lish
Home |
Tasodiiy hikoya: Feruz bilan
meni ismim Dinara tuurmushga ciqqanman yoshim 23 d... davomi
Рекомендуем
hikoya HEKAYELER.RU - HEKAYELER
hikoya AZERI HEKAYELERI
* uzbekskoe.cc
Library | Qiziqarli faktlar

Zardob haqida bilasizmi? uning 13 ta foydali xususiyati bor!

Added:admin (18.07.2022 / 12:22)
Rating:rating 1478 article (0)
Reads:38
Comments:0
Sut, qatiq va zardobning shifoligini dastlab mashhur yunon shifokori Gippokrat aniqlagan. Zardob – qatiq (ayrondan) suzma tayyorlashda ajralib chiqqan sel (sariq suv). Zardobda sut tarkibidagi ma`danli tuzlar, javharlar hamda mikroelementlar mavjudligi ko`rsatiladi. Suzmada qatiqdagi oqsil, yog` qoladi, zardobga esa suv, sut qandi hamda vitaminlarning ko`p qismi o`tadi. Zardob qaynatilib, so`ng sovitilib ichiladi. Xalq tabobatida zardob ko`p xastaliklarni davolashda qo`llaniladi (jigar, buyrak, istisqo, gipertoniya, bo`g`in og`riqlari va boshqalar). Binobarin, bunday serxosiyat ne`matni sira ham to`kib tashlamaslik kerak.
Hozirgi kunga qadar o`z ahamiyatini yo`qotmagan foydali maslahatlar
1.So`yilgan hayvonning ichak-chavog`idan taom tayyorlanganda qo`llansa hidni ketkazish uchun zardob bilan bilan yuviladi.
2.Zardob qo`shib tayyorlangan qurut qon bosimini pasaytiradi, ishtahani ochadi, safroni yaxshi haydaydi, chanqoqni qondiradi, tumov, yo`talni davolaydi, uni suvda ivitib boshga surtilsa, soch to`kilishining oldini oladi.
3.Zardob suv o`rnida ishlatilib, xamir qoriladi va non yopiladi. Xamirturushsiz zardobli xamirdan shifobaxsh chuchvara, manti jildi hamda ugra tayyorlanadi.
4.Guruch iliq suvda yuvilgach, 5-6 soat ivitib qo`yiladi, so`ngra mantiqasqon lappagiga doka yoyiladi va ustiga guruch solinib, to yumshaguncha bug`lab pishiriladi. Zardob qozonga quyilib, piyoz va sabzi solinadi hamda yog`lik go`shtdan dumalatilgan qiyma solib qaynatiladi, pishgach, haligi guruch qo`shiladi. Qadimiy mastava ana shu tarzda tayyorlanadi.
5.Zardobning har bir litriga bir osh qoshiq hisobida asal aralashtirilib qaynatiladi, sovitib, shishalarga quyilib, sovitgichda saqlanadi hamda yaxna ichimlik sifatida yozda ichiladi.
6.Jig`ildon qaynasa, uch ho`plam zardob ichiladi, bu jig`ildon qaynashini darhol qoldiradi. Yangi go`sht qaynatilib sovitilgan zardobga botirib qo`yilsa, bir necha kungacha aynimaydi va ta`mi yanada yaxshilanadi.
7.2 litr zardobga 0,5 kilo qo`y go`shti, 1 bosh piyoz va 2 dona sholg`om solinib pishirilgan qaynatma sho`rva koni foyda.
8.Yarim litr zardobga 1 osh qoshiq sariyog`, bir oz murch solib, qaynating va qattiq non botirib esangiz shamollaganda yaxshi terlatadi, o`ralib yotsangiz, bu yaxshi shifo.9.Zardob achib qolgan bo`lsa, uni ilitib, sochlarni va yuzlarni yuvsangiz ijobiy foyda olasiz.
10.Qandli diabetni davolash davrida bemor ichadigan asosiy suyuqlik qatiq zardobi bo`lmasligi kerak.
11.Sut qaynayotganda (2 litr) 2 osh qoshig`ida qatiq qo`shib yuborsangiz, oqsil ivib ajraladi, uni suzib olib, tvorog tayyorlang, zardobini esa qand kasali bor odamlar ichsin. Shu maqsadda qatiq zardobini qaynatib ichsa ham bo`laveradi.
12.Sharqning ulug` allomalari falaj, shol dardini davolashda 3 kun hech narsa emay, ichmay faqat har kuni kechga borib, 1 litr qatiq zardobini birdan ichib, ichni yuvib, tozalash lozimligini tavsiya qilganlar
Download txt | fb2

Home
0 / 12© Zavqli.Ru

мунажжимлар башорати, kliplar, кинолар, узбек-кино , java kitoblar, java dasturlar, android kitoblar, android dasturlar, ayollarga maslahatlar, qiziqarli faktlar, erkaklarga maslahatlar, foydali maslahatlar, qaynoq musiqalar, uzbek mp3, uz mp3, yangiliklar birinchi bizda.