Kirish - A'zo bo'lish
Home |
Tasodiiy hikoya: Аёлининг айбига кўз юмган мард эркак..
Бир камбағал инсон бор эди. Унинг топгани аранг р... davomi
Рекомендуем
hikoya AZERI HEKAYELERI
hikoya HEKAYELER.RU - HEKAYELER
* uzbekskoe.cc
Library | Qiziqarli faktlar

O‘qing, bu qiziq: antiqa yettilik

Added:admin (18.07.2022 / 12:41)
Rating:rating 1493 article (0)
Reads:44
Comments:0
Inson o‘z salomatligini saqlash uchun nimalar qilmaydi deysiz. Vaqti kelsa sho‘r va yog‘li mahsulotlardan tiyilish zarur. Lozim bo‘lganda «quruq» parhezga ham «o‘tirish»ga to‘g‘ri keladi. Ayrim hollarda shirinlikdan tiyilish zaruriyatga aylanadi. Buni qarangki, o‘z sog‘ligini o‘ylab har bir muolajani o‘z «sinovi»dan o‘tkazib turuvchi qiziquvchilar uchun g‘arb olimlari meva­sabzavotlarning antiqa yettiligini tavsiya etmoqda.
1-mahsulot — olcha. Sir emas, ko‘pchiligimiz nordon ta’mli olchaga nisbatan shirinroq ta’mga ega bo‘lgan yirik giloslarni xush ko‘ramiz. Buni qarangki, shirinlikka uchib xato qilarkanmiz. Olcha tarkibida keksalik alomatlari va kasalliklari bilan kurashuvchi antioksidant moddalar miqdori ko‘p bo‘lib, u shamollash va yallig‘lanishning oldini olishga ham yordam berarkan. Ayniqsa, nordon ta’mlilari!
2-mahsulot — kivi. To‘g‘ri, bu tropik meva biroz tansiqroq va albatta boshqa mevalarga nisbatan qimmatroq. Mayin tukli qoplamidan ajratib olish ham biroz noqulaylik tug‘diradi. Biroq bir dona kivida organizm uchun zarur bo‘lgan bir sutkalik vitamin «S» me’yorning taxminan 115% mavjud ekan. Buning ustiga u vazn saqlash muvozanatiga ta’sir etmaydi, ya’ni semirtirmaydi, chunki u atigi 45 kilokalloriya quvvatga ega.
3-mahsulot — baliq. Yurak qon­tomir tizimi va miya faoliyatining me’yorda ishlashi uchun baliqning tana to‘qimalari tarkibida bo‘lgan moddalarning ahamiyati beqiyos. Shifokorlarning ta’kidlashicha, sog‘lom kishi bir yilda kamida 4–5 kg baliq go‘shti yeyish zarur ekan. Uni qovurib, qaynatib, yana dimlab ham yeyish mumkin. Dudlangan va konservalangan baliq mahsulotlari esa o‘z yo‘liga. Muhimi, baliq go‘shti tarkibidan organizmni turli kasalliklarga qarshi kurashda yordam beradigan, ayniqsa miya faoliyati uchun zarur moddalarning mavjudligi. Oilaviy baliqxo‘rlik an’analari esa har tomonlama foydali.
4-mahsulot — zig‘ir urug‘i. Oramizda ko‘pchilik kungaboqar pistasini xush ko‘rishi sir emas. Tarkibi yog‘ va oqsilga boy pista qanchalik shirin va maroqli ermak bo‘lmasin, og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari keltirib chiqaruvchi omil bo‘lib qolaveradi. Buning ustiga u ko‘zilg‘amas «tezlikda» semirtiradi ham. Zig‘ir urug‘i tarkibida esa lignan guruhiga kiruvchi moddalar mavjud bo‘lib, organizm bedavo dardlarga chalinishining oldini oladi va ovqat hazm qilish tizimini me’yorlashtiradi. Yana bir ustunligi, uning po‘stlog‘i yo‘q, tishingiz orasiga kirib asabiylashtirmaydi ham. Ta’mi yoqimsizroq­da desangiz, salatga yoki bo‘tqaga aralashtirib iste’mol qiling va foydali moddalardan bahramand bo‘ling.
5-mahsulot — sut zarbodi. Yuzingizni burishtirmang, axir u siz sevib iste’mol qiladigan pishloq va tvorog tayyorlashdan qoladigan ikkilamchi mahsulot. Shunday bo‘lsada u juda foydali. Ishonmaysizmi? Unda quloq tuting: birinchidan, sut zardobi oqsil moddasiga boy. Bunday oqsil ham foydali, ham ortiqcha vazn to‘planishiga olib kelmaydi. Bundan tashqari, qayta ishlash oqibatida ushbu oqsilning tuzilishi endi qoramol sutidan ko‘ra ko‘proq ona sutiga o‘xshash va oson hazm bo‘ladi. Shuning uchun ham bolalar uchun ishlab chiqarilgan tayyor bo‘tqalarning ko‘pchiligi sut zardobi yordamida tayyorlanadi. Ikkinchidan, uning tarkibida me’da­ichak faoliyatini me’yorlashtiradigan achitqilar mavjud.
6-mahsulot — karam. Ozishni istaganlar ba’zi kishilar quyonlar kabi «kemirib» yuradigan oddiy karam. Xoh ishoning, xoh ishonmang, karam tarkibida bedavo dardga (onkologik kasalliklarga) qarshi indol va sulьforafan moddalari, suyaklar mustahkamligi uchun kalьsiy, qon aylanish tizimi uchun temir moddasi bor ekan. Bundan tashqari, hayot uchun zarur aminokislotalar — vitamin “A”, “S” va “K” lar mavjud. Ular ko‘z faoliyati, ishtaha ochilishi, qon ivishini ta’minlashga xizmat qilar ekan. Kam kaloriyaga ega bo‘lgani uchun ham organizmdagi ortiqcha yog‘ qatlamlarining erishiga xizmat qiladi va me’da faoliyatiga zarur bo‘lgan klechatkaga boy.
7-mahsulot — kokos. Bu tansiq tropik meva har doim ham dasturxonimiz bezagi bo‘lavermaydi. Qomatini qat’iy dastur orqali saqlaydigan qizlar uni haddan ortiq yog‘li deb hisoblashlari ham bor gap. Haqiqatdan ham kakos tarkibida boshqa yong‘oqmevalar kabi yog‘ miqdori mavjud. Biroq bu organizmda to‘planish xususiyatiga ega bo‘lmagan yog‘. Kakos yog‘ini zararli xususiyatlarga ega palьma yog‘i bilan adashtirmang! Kokos mevasining tarkibidagi mineral tuzlar, temir va kalsiy moddasi hamda vitaminlar organizm uchun foydali.
Xulosa. G‘arb olimlarining antiqa yettilik tavsiyasida ayrim haqiqatlar mavjud. Buni inkor qilolmaymiz. Biroq jannatmakon o‘lkamizning meva va sabzavotlari har qanday «antiqalik»dan ustun. Quyoshga to‘yingan har qanday meva­cheva­yu sabzavot, bir­biridan shirin poliz ekinlari, ilikni to‘ldiradigan go‘sht, sut va baliq mahsulotlarining koni foyda. Faqat to‘g‘ri iste’mol qilish va me’yorni bilsangiz bo‘ldi.
Download txt | fb2

Home
0 / 3© Zavqli.Ru

мунажжимлар башорати, kliplar, кинолар, узбек-кино , java kitoblar, java dasturlar, android kitoblar, android dasturlar, ayollarga maslahatlar, qiziqarli faktlar, erkaklarga maslahatlar, foydali maslahatlar, qaynoq musiqalar, uzbek mp3, uz mp3, yangiliklar birinchi bizda.