Kirish - A'zo bo'lish
Home |
Tasodiiy hikoya: Ayol kishi bilan bo‘lgan har qanday muammoni besh daqiqada hal qilish usuli
Yaqinda “Ash-sharq al-avsat” gazetasi taniqli shay... davomi
Рекомендуем
hikoya AZERI HEKAYELERI
hikoya HEKAYELER.RU - HEKAYELER
* uzbekskoe.cc
Library | SMS She`rlar

Musofirlar haqida she'r

Added:admin (18.07.2022 / 17:18)
Rating:rating 1601 article (0)
Reads:36
Comments:0
Yana qo‘lga olib qalam
Sog'inchimni etdim bayon
Ichimdagi dardu alam
Faqat bir o‘zimga ayon

Yuribmanku mehnat qilib
Yurtdan olis makonlarda
Har kun halol rizqim terib
Ishlayapman sovuqlarda

Goh mag'lubman goho g'olib
Hatto ba'zan bekor qolib
Sog'inchimni kuyga solib
Yashayapman musofirda

Otajonim men yaxshiman
Onajonim ishim yengil
Akam ukam yuribdimi
Qalay o'zi erka singil

Qishloq ancha o'zgargandir
Chiroy ochib gullagandir
Do‘stu jura qadirdonlar
Sog‘u salomat yurgandir

Bu yerlarda dardkashim yo'q
Biror yaqin sirdoshim yo'q
Ammo havotir olmanglar
Ustim butu qornim ham to'q

Yaqin qoldi diydor oni
Men qaytaman tugasa qish
Sog'indimda vatanimni
O‘zimizda ham ko'pku ish
04.11.2019

Muallif: Abdulla Murodulla
Download txt | fb2

Home
0 / 4© Zavqli.Ru

мунажжимлар башорати, kliplar, кинолар, узбек-кино , java kitoblar, java dasturlar, android kitoblar, android dasturlar, ayollarga maslahatlar, qiziqarli faktlar, erkaklarga maslahatlar, foydali maslahatlar, qaynoq musiqalar, uzbek mp3, uz mp3, yangiliklar birinchi bizda.