Kirish - A'zo bo'lish
Home |
Tasodiiy hikoya: Real voqea
Tv kurib utirib bir qiz nomerini yozdi . srazi tel... davomi
Рекомендуем
hikoya AZERI HEKAYELERI
hikoya HEKAYELER.RU - HEKAYELER
* uzbekskoe.cc
Library | Bayram Tabriklar

HARBIYLAR UCHUN SHERLAR Askar qo'shig'i (Vatanimiz xarbiylari uchun she'r)

Added:admin (18.07.2022 / 18:38)
Rating:rating 1621 article (0)
Reads:37
Comments:0
Saflarda qad kerib turgan ey askar,
Bilgil, mardni ko‘rsa, chekinar xatar.
Yurakni, bilakni etgil safarbar,
Gulday diyoringni asra hamisha!
Duosi, so‘zlari yodingda tursin,
Nur ingan yuzlari yodingda tursin,
Mehrli ko‘zlari yodingda tursin,
Onaizoringni asra hamisha!
Singling bor – tegrangda parvona, halak,
Og‘a-ining esa – mag‘rur, dovyurak.
Chin do‘stlaring bo‘lar yurakka tirgak –
Qatorda noringni asra hamisha.
Bir kuni omading, baxting kuladi,
Uying ham, ko‘ngling ham fayzga to‘ladi.
Bolangga munosib ona bo‘ladi –
Intizor yoringni asra hamisha!
Vatan – or timsoli, Vatan – nomus, shon,
Nomus bilan aziz sanalgay inson.
Sen oringga qo‘rg‘on, or – senga qo‘rg‘on,
Oringni – boringni asra hamisha!
Download txt | fb2

Home
0 / 5© Zavqli.Ru

мунажжимлар башорати, kliplar, кинолар, узбек-кино , java kitoblar, java dasturlar, android kitoblar, android dasturlar, ayollarga maslahatlar, qiziqarli faktlar, erkaklarga maslahatlar, foydali maslahatlar, qaynoq musiqalar, uzbek mp3, uz mp3, yangiliklar birinchi bizda.