Kirish - A'zo bo'lish
Home |
Tasodiiy hikoya: Sevgan qizim blan brga
Meni ismim Shoxrux men Andijonda yasheman. Men own... davomi
Рекомендуем
hikoya HEKAYELER.RU - HEKAYELER
hikoya AZERI HEKAYELERI
* uzbekskoe.cc
Library | Umr manzaralari

''Hayot haqida 5 ta quvnoq saboq'' O'qing...

Added:admin (18.07.2022 / 20:30)
Rating:rating 1765 article (0)
Reads:53
Comments:0
1. Supermarketda birga
ishlaydigan sotuvchi, hisobchi
va ish boshqaruvchi tushlik
qilishga ketayotganlarida eski
bir chiroqni topib olishibdi.
Chiroqni ishqalashgan ekan,
undan Jin chiqibdi va shunday
debdi: “Har biringizga bittadan
tilak beraman”
“Men birinchi! Men birinchi!”
debdi hisobchi,- “Men Bagam
orollariga borishni va tezkor
qayiqda maza qilib suzishni
xohlayman” "Poof!" U g'oyib
bölibdi. “Endi men! Endi men!”
debdi sotuvchi,- “Men Gavai
oroliga borishni, shaxsiy
massajchim bilan sohilda
toblanishni xohlayman” "Poof!"
U ham g'oyib bölibdi. “Yaxshi,
endi sening galing”, debdi jin ish
boshqaruvchiga. U shunday
tilak tilabdi: “Boyagi ikkalasining
tushlikdan söng ishga qaytishini
istayman”
Birinchi saboq: Har doim
boshliqning birinchi gapirishiga
qöyib ber.
––––––––––––––––––––––––––––
2. Bir kishi ishdan uyiga
qöng'iroq qilsa, göshakni 8
yoshli qizi kötaribdi:
- Salom shirinim, bu dadang.
Oying telefon yaqinidami?
- Yöq, u möylabli amaki bilan
yotoqxonada shashka
öynayapti.
Narigi tarafda biroz sukunatdan
söng dadaning ovozi eshitilibdi:
- Lekin qizalog'im, sening
möylabli amaking yöqku?
- Ha, men ham avval shunaqa
deb öylardim..
Yana biroz sukunatdan söng
haligi kishi qizchaga iltimos
qilibdi:
- Qizim, göshakni yerga qöyda,
borib oyingning yotoqxonasi
eshigini taqillat va yölda
dadamning mashinasi kördim,
deb baqir, maylimi?
- Xöp, dadajon. Hozir...
Birozdan söng qizcha qaytib
keldi.
- Allo...
- Nima böldi shirinim?
- G'alati böldi, oyim baqirib
yotoqdan chiqdida uy böylab
yugura boshladi. Zinadan yiqilib
boshini yorib oldi, hozir hech
narsani eslay olmayapti.
- Möylabli amakichi? U nima
qildi?
- U ikkinchi qavat derazasidan
basseynga sakradi. Ammo
özingiz ötgan haftada basseyn
suvini böshatgandingizku.
Menimcha u öldi.
Biroz jimlikdan söng, ota
qizchadan söradi:
- Basseyn? Lekin, mening
uyimda basseyn yöqku? Bu
486-57-31 mi?”
- Yöq, bu 486-57-13.
- Kechirasan, qizaloq,
adashibman ....!!!
Ikkinchi saboq: Hech qachon
bolalarni e'tiborsiz qoldirma.
––––––––––––––––––––––––––––
3. Ayol uyga tunda keldi.
Yotoqxona eshigini ochib, adiol
ostidan chiqib turgan ayol va
erkakning ikki juft oyog'ini
körib nihoyatda g'azablandi.
Eshik yonidagi beysbol tayog'ini
olib, kuchi boricha oyoqlarni
zarb bilan urdi. Baqir-chaqirga
parvo qilmay oshxonaga chiqdi
va öziga kelish uchun ozroq suv
ichdi. Mehmonxonaga kirganida,
jurnal öqib ötirgan eriga közi
tushdi.
- Salom azizam, - dedi eri, - ota-
onang seni körgani kelishibdi.
Ularga öz xonamizni berdim.
Nega bunaqa qarayapsan? Hali
ular bilan salomlashmadingmi?
Uchinchi saboq: Vazmin böl,
"shoshilgan qiz" deb
boshlanadigan maqolni unutma.
––––––––––––––––––––––––––
4. Militsiya idorasidagi
jabrlanuvchi va inspektor
suhbati:
- Mening xotinim yöqolib qoldi.
- Yoshi nechada?
- Anig'i esimda yöq.
- Xotirasi, sog'ligi yaxshimidi?
- Yaxshi bölishi kerak, yana ham
bilmadim.
- Sochining rangi qanaqa edi?
- Mavsumga qarab özgarib
turardi.
- Közining rangichi?
- Eslolmayapman...
- Qanaqa kiyimda edi?
- Tög'risi, ahamiyat
bermabman...
- Yolg'izmidi yoki kim bilandir
ketganmidi?
- Ha, Romeo laqabli kuchugimiz
bilan ketgandi, xotinimga men
sovg'a qilgandim. Uning yoshi 3
da, sog'lom, yungi malla-sariq,
quloqlarining bir qismi qora
rangda, közlari jigarrang, chap
oyog'idagi örta tirnog'i sinib
qolgan, böyinbog'i tillarang edi.
Koptok öynashni, göshtli
ovqatlarni yaxshi körardi…
- Keling, bölmasa avval itni
qidiramiz!
Törtinchi saboq: Xotiningga
sovg'a berishdan erinma, har
ehtimolga qarshi sovg'a chekini
asrab qöy.
––––––––––––––––––––––––––––
5. Bir odam pivo bariga kirdi va
dedi:
-Кolya, Кolya! Xotiningni
köchada urishyapti!
Yigit yugurib chiqdi,
mushtlashuvga aralashdi, uni
ham urishdi. Ertasiga ertalab,
gips va bint bilan öralgan yigit
reanimatsiyada öziga keldi va
öylay boshladi:
- Yöq... Har qalay asabni
davolash kerak. Birinchidan,
men Kolya emasman,
ikkinchidan esa umuman
uylanmaganman...
Beshinchi saboq: Har kuni
kamida 5 marta kulib qöyishni
unutma..!
Kuling umringiz uzoq bo'ladi
e'tibor uchun tashakkur,omon
bo'ling..!
Download txt | fb2

Home
0 / 2© Zavqli.Ru

мунажжимлар башорати, kliplar, кинолар, узбек-кино , java kitoblar, java dasturlar, android kitoblar, android dasturlar, ayollarga maslahatlar, qiziqarli faktlar, erkaklarga maslahatlar, foydali maslahatlar, qaynoq musiqalar, uzbek mp3, uz mp3, yangiliklar birinchi bizda.