Kirish - A'zo bo'lish
Home |
Tasodiiy hikoya: Ganvest kayfuli text pesnyu
Мы ловим кайф и кайфуем Кайфы, кайфы кайфули Кай... davomi
Рекомендуем
hikoya AZERI HEKAYELERI
hikoya HEKAYELER.RU - HEKAYELER
* uzbekskoe.cc
Library | Umr manzaralari

Og'ir hastalikka chalingan bir yigit bor edi

Added:admin (18.07.2022 / 20:36)
Rating:rating 1774 article (0)
Reads:50
Comments:0
Og'ir hastalikka chalingan bir
yigit bor edi. U tuzalmaydigan
bemor edi. U 18 yoshda va
istalgan vaqtda hayotdan köz
yumishi mumkin edi. Butun
umrini uyda qamalib olganicha,
onasining g’amxörligi ostida
ötkazardi. Hech qachon
köchaga chiqmasdi. Ammo bir
kuni uyda ötirishdan zerikib,
köchaga chiqqisi keldi.
Onasidan ruhsat olib
köchaga chiqdi. U köp qavatli
uylar böylab ötgan yölakdan
yurib ketar va öz yölida köplab
butiklarni uchratardi. CD disk
sotiladigan dökon oldidan ötib
borarkan, dökon oynasi orqali
ichkariga qaradi. U töxtab shu
dökonga kirish uchun orqasiga
qaytdi. Ichkarida taxminan özi
tengi bir qizga közi tushdi.
Qizni köriboq yuragi g'alati ura
boshladi. U eshikni ochib,
qizdan boshqa hech narsaga
qaramasdan ichkariga kirdi.
Yigit qiz ötirgan stolga
yaqinlashib keldi. Qiz boshini
kötarib söradi: "Salom, sizga
qanday yordamim tegishi
mumkin?” Qiz jilmaydi va bu
tabassum yigitning nazdida
shu paytgacha körgan eng
gözal tabassum edi. Yigit: "A…
ha…um… Men CD sotib
olmoqchi edim.” U bitta diskni
olib pulini töladi. "Uni sizga
örab beraymi?”, söradi qiz
yana boyagi tabassumi bilan. U
boshini qimirlatib tasdiqladi va
qiz ichkari xonaga diskni
qadoqlash uchun kirib ketdi.
Biroz vaqtdan söng qiz qaytib
keldi va yarqiroq qog'ozga
öralgan diskni yigitga uzatdi.
Yigit diskni olib dökondan
chiqdi. Shu kundan boshlab u
har kuni CD dökoniga borar va
disk sotib olardi. Qiz esa öz
navbatida doim diskni örab
berardi. Yigit disklarni öz
xonasidagi shkafga
tashlab qöyardi. U xanuz qizga
öz könglini ochishga, uni biror
joyga taklif qilishga uyalardi.
Buni juda xohlasada hecham
qilolmasdi. Bir kuni onasi bu
haqda bilib qoldi va unga qizni
biror joyga taklif qilishni
maslahat berdi. Yigit ertasi kuni
özining butun jasurligini yig’ib
dökonga bordi. Doimgidek disk
sotib
oldi, qiz ham diskni qadoqlash
uchun ichkariga kirib ketdi.
Biroz vaqt ötgach, yigit diskni
olarkan qizga sezdirmasdan,
stol ustiga xat tashlab qöydi. U
ketgach qiz stol ustidagi
qog'ozni körib, uni ochib öqidi.
Qog'ozda yigitning
telefon raqami va shu sözlar
bor edi: "Iltimos, qöng’iroq
qil!"...
Ertasi kuni u yigitga qöng'iroq
qildi. Göshakni uning onasi
kötardi: "Allo” Qiz yigitning
dösti ekanligini, mumkin bölsa
uni telefonga chaqirib berishni
söradi. Narigi tarafdan esa yig'i
ovozi eshitildi:
"Bilmasmidnigiz? U
kecha olamdan ötdi...” Telefon
liniyasi yigitning onasining
yig’isini hisobga olmaganda
jim-jit edi. Ösha kuni kechroq
ona ög’lini sog’inib, uning
xonasiga kirdi. U birinchi bölib
ög’lining kiyim-
kechaklarini közdan kechirishni
öyladi va shkafni ochdi. Shu
vaqtda nigohi uyum-uyum
qadoqdagi ochilmagan CD
disklarga tushdi.
Ona buncha disklarni
topib olganidan hayratda edi. U
disklardan birini qöliga olib,
divanga borib ötirdi va uni
ochishni boshladi.
Qadoq ochilganida uning
ichidan bir bölak qog’oz
parchasi yerga tushdi. Ona uni
qöliga olib öqiy boshladi.
Qog'ozchada shunday
yozigandi: ”Salom… Chiroyli
kularkansan, umid qilamanki
endi dökonimizga tez - tez kelib
turasan, hurmat ila Jeysilin".
Ona boshqa CD ni ochdi. Unda
ham bir bölak
qog’oz bor edi. Unda ham
avvalgisi kabi dastxatda
shunday yozilgandi: ”Salom,
menimcha sen juda ham
kelishgan yigitsan. Men bilan
biror joyga borishni
xohlamaysanmi? Sevgi bilan,
Jeysilin"
Ona yig'laganicha har bir disk
qutisini ochib qarar, qutilarning
hammasida möjazgina sevgi
maktublari bor edi...
Download txt | fb2

Home
0 / 5© Zavqli.Ru

мунажжимлар башорати, kliplar, кинолар, узбек-кино , java kitoblar, java dasturlar, android kitoblar, android dasturlar, ayollarga maslahatlar, qiziqarli faktlar, erkaklarga maslahatlar, foydali maslahatlar, qaynoq musiqalar, uzbek mp3, uz mp3, yangiliklar birinchi bizda.